Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Yangi Angren va Angren issiqlik elektr stansiyalarining kul-shlak ag‘darmalari hajmi, tarkibi va ulardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Kul-shlak chiqindilarining to‘planishi, ularning atrof-muhitga ta’siri hamda ikkilamchi mineral xomashyo sifatidagi salohiyati tahlil qilingan. Gravitatsion, magnit va gidrometallurgik qayta ishlash usullarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan hamda kul-shlak chiqindilaridan oqilona foydalanish bo‘yicha jahon tajribasi tahlil qilingan. Natijalar kul-shlak materiallarini kompleks qayta ishlash ekologik yuklamani kamaytirishi, mineral resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishi va texnogen chiqindilardan qimmatli metallar hamda boshqa foydali komponentlarni ajratib olish imkonini berishini ko‘rsatadi.</jats:p>