Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada kaliyli konlarda qazib olish chuqurligi ortib borishi sharoitida silvinit rudalarini kamerali qazib olish tizimi parametrlarini geomexanik moslashtirish va nazariy asoslash masalalari Tyubegatan kaliy tuzlari koni misolida tadqiq etilgan. Sanoat qatlamlari va ularni o‘rab turgan tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari, tabiiy va texnogen kuchlanishlar, tektonik omillar, qatlamlarning yotish chuqurligi va qalinligi hamda yaqin joylashgan qatlamlarni qazib olishning o‘zaro ta’siri baholangan. “PRESS 3D URAL” dasturiy majmuasi yordamida tog‘-kon ishlari rivojlanishining turli sxemalari uchun kuchlanishlar konsentratsiyasi tahlil qilingan. Qazib olish chuqurligi 500–1000 m oralig‘ida o‘zgarganda kameralararo seliklarning barqarorligini ta’minlovchi parametrlar geomexanik jihatdan asoslangan. Amaldagi Galurgiya instituti uslubiyati va taklif etilayotgan hisoblash usuli bo‘yicha olingan natijalar qiyosiy tahlil qilinib, kameralararo seliklarning minimal ruxsat etilgan kengliklari aniqlangan. Taklif etilgan yondashuv seliklarning 50 yillik me’yoriy xizmat muddatini ta’minlagan holda kameralararo seliklarda qoldiriladigan ruda nobudgarchiligini 15–20% ga kamaytirish imkonini berishi aniqlangan. Olingan natijalar katta chuqurliklarda kaliy rudalarini xavfsiz va samarali qazib olish parametrlarini optimallashtirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

qazib olish chuqurligi etilgan kameralararo

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect