Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>“Jinchan” ekologik xavfsiz reagentlari yordamida oltinni tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonini o‘rganish maqsadida Marjonbuloq oltin tarkibli ruda konidan olingan namunalarda tajriba-tadqiqot ishlari olib borildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ruda -0,074 mm zarracha o‘lchamigacha 90% dan ortiq darajada yanchilganda, bo‘tanadagi qattiq zarralar miqdori 40%, oxak sarfi 3 kg/t, ishqoriy muhitda dastlabki ishlov berish vaqti 2 soat, “Jinchan” reagenti sarfi 350 g/t va tanlab eritish davomiyligi 16 soat bo‘lgan optimal texnologik sharoitlarda oltinni tanlab eritmaga o‘tkazish darajasi 95,2% ga yetdi. Olingan natijalar “Jinchan” reagenti oltinni yuqori samaradorlik bilan tanlab eritmaga o‘tkazish imkoniyatiga ega ekanligini hamda uni an’anaviy sianidli texnologiyalarga ekologik xavfsiz muqobil reagent sifatida qo‘llash istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, an’anaviy sianlash texnologiyasi bilan taqqoslaganda, ekologik xavfsiz «Jinchan» reagenti yordamida oltinni tanlab eritish davomiyligi 4 soatga qisqardi, bu esa texnologik jarayonning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Tanlab eritishdan keyin hosil bo‘lgan chiqindilarning ekologik xavfsizligi ham baholandi. Tahlillar natijasida chiqindilar tarkibidagi erkin sianid, qo‘rg‘oshin, rux va mыshyak miqdorlari amaldagi davlat ekologik standartlarida belgilangan ruxsat etilgan me’yorlardan past ekanligi aniqlandi. Shu sababli, mazkur chiqindilar qo‘shimcha detoksikatsiya jarayonisiz ekologik talablarga muvofiq joylashtirilishi mumkin. Qiyosiy iqtisodiy tahlil natijalari «Jinchan» reagentini qo‘llash ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishini ko‘rsatdi.</jats:p>