Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada irrigatsiya kanallari va gidrotexnik inshootlarda mavjud suv oqimi energetik potensialidan mikroGESlar yordamida foydalanishni suv resurslarini boshqarish nuqtai nazaridan optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. R-10 kanalining 2016–2025-yillardagi gidrologik ma’lumotlari Pirson III tipidagi taqsimot yordamida statistik qayta ishlangan, variatsiya va asimmetriya koeffitsiyentlari hamda turli ta’minlanganlik darajalariga mos hisobiy suv sarflari aniqlangan. Sug‘orish talabini ustuvor cheklov sifatida saqlagan holda gidroenergetik potensialdan foydalanishni maksimumlashtirishga qaratilgan optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan. Suv sarfi, napor va quvvat balanslariga asoslangan mikroGES matematik modeli taklif etilgan, u energiya ishlab chiqarishni vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan gidrologik sharoitlarda prognozlash imkonini beradi.</jats:p>