Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada radar interferometriyasi (InSAR) texnologiyasining nazariy asoslari, sintezlangan aperturali radar (SAR) tizimlarining ishlash prinsipi hamda yer yuzasi deformatsiyalarini masofadan monitoring qilish imkoniyatlari yoritilgan. Radiolokatsion signallarning amplituda va faza xususiyatlari asosida interferometrik tahlilni amalga oshirish, deformatsiyalarni millimetr aniqlikda baholash va geodinamik jarayonlarni kuzatish usullari bayon etilgan. Shuningdek, elektromagnit to‘lqinlarning X, C va L diapazonlari, ularning fizik xususiyatlari hamda monitoring aniqligiga ta’siri tahlil qilingan. D-InSAR usulining konchilik hududlari, seysmik faol zonalar va boshqa murakkab geologik sharoitlarda qo‘llanish afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Maqolada interferometrik kuzatuvlarning ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omillar, jumladan, kogerentlik, raqamli balandlik modeli, takroriy suratga olish davriyligi va radar ma’lumotlarini qayta ishlash talablari yoritilgan. Olingan ilmiy xulosalar InSAR texnologiyasining marksheyderlik, geodeziya, geologiya hamda konchilik amaliyotida deformatsiyalarni erta aniqlash, xavfli hududlarni baholash va monitoring samaradorligini oshirishdagi muhim ahamiyatini asoslaydi. Tadqiqot natijalari zamonaviy masofadan zondlash texnologiyalarini rivojlantirish, geotexnik xavflarni kamaytirish va hududlar barqarorligini ta’minlash uchun nazariy hamda amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

hamda radar monitoring maqolada insar

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect