Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Ushbu maqola neft va gaz sanoati korxonalari murakkab tarkibli oqova va texnik suvlarini chuqur tozalash hamda qayta foydalanish texnologiyasining samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda gidrodinamik flokulyatsiya, modifikatsiyalangan granulalangan filtratsiya va nanostrukturalangan polimer membranalar bazasidagi gibrid tozalash tizimining ilmiy-metodologik va kimyoviy-fizikaviy qonuniyatlari yoritib berilgan. Tajriba neft va gaz sanoati korxonalari sharoitlarida o‘tkazilib, texnik suv tarkibidagi neft mahsulotlari konsentratsiyasini yuqori darajada tozalashga, muallaq moddalarni kamaytirishga hamda umumiy tuzlilik ko‘rsatkichini kamaytirishga erishildi. Membranalarning bio-fouting va organik tuzlar qasmoqlari bilan to‘lish mexanizmlari Kedem-Katchalsky hamda Ergun tenglamalari asosida modellashtirildi. Ishlab chiqilgan texnologiya neft va gaz korxonalarida suv ta’minotining yopiq siklini yaratish va chuchuk suv sarfini qisqartirish imkonini beradi.</jats:p>