Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Laboratoriya sinovlari davomida ushbu gidrofil oksidlangan minerallar yuzasida anion almashinuvi mexanizmi asosida oʻta yupqa sun’iy kovellinsimon (CuS) parda hosil qilish uchun NaHS (natriy gidrosulfid) reagentining turli dozalari ta’siri oʻrganildi. Tajribalar natijasiga koʻra, NaHS ning maqbul (optimal) sarf miqdori 350 g/t deb belgilandi va ushbu nuqtada boyitma sifati maksimal 20,52% Cu ga, metallning ajralib olish darajasi (izvlecheniye) esa 71,52% ga yetishi, chiqindidagi mis miqdori esa 0,036% gacha kamayishi isbotlandi. Reagent sarfi 600 g/t gacha oshirilganda, pulpadagi erkin gidrosulfid ionlarining koʻpayishi va toʻplovchi ksantogenat adsorbsiyasining bloklanishi (depressiya effekti) hisobiga ajralish koʻrsatkichi 49,22% gacha keskin pasayishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida, reagentlarning salbiy depressiya effektini bartaraf etish va pulpa elektrokimyoviy salohiyatini (Eh) doimiy boshqarish uchun sanoatda CPS (Controlled Potential Sulphidisation) avtomatlashtirilgan texnologiyasini joriy etishning ilmiy zaruriyati toʻliq asoslab berildi.</jats:p>