Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada metallolom asosida po‘lat ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan yoyli po‘lat eritish pechi changining (YPEP) fizik-kimyoviy xususiyatlari hamda undan ruxni qayta tiklash imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida “LI DA METAL TECHNOLOGY” MCHJ korxonasidan olingan chang namunalari tanlangan. Namunalarning kimyoviy tarkibi va morfologik xususiyatlari rentgen-fluoressent tahlil (XRF), energiya-dispersiv rentgen spektroskopiyasi (EDS/SEM) hamda lazerli zarracha o‘lchamini aniqlash usullari yordamida baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chang tarkibida temir oksidi va rux oksidi asosiy komponentlar bo‘lib, mos ravishda 40,7% va 15,2% ni tashkil etishi aniqlandi. Shuningdek, natriy, kalsiy, kremniy, kaliy, oltingugurt, marganets va qo‘rg‘oshin oksidlari ham sezilarli miqdorda mavjudligi qayd etildi. EDS tahlili temir, rux va kislorod elementlarining ustunligini tasdiqladi, zarrachalar o‘lchami tahlili esa changning mayda dispers tuzilishga ega ekanligini (D50=11,455 µm, D90=34,573 µm) ko‘rsatdi. Tarkibdagi rux miqdorining yuqoriligi ushbu chiqindini qimmatli ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash imkoniyatini ko‘rsatadi. Natijalar asosida ruxni ajratib olish uchun Vels pechi asosidagi pirometallurgik hamda sulfat kislotali eritish asosidagi gidrometallurgik texnologiyalar istiqbolli yo‘nalishlar sifatida tavsiya etildi. Olingan natijalar metallurgiya sanoatida xavfli chiqindilarni samarali boshqarish, qimmatli metallarni qayta tiklash va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>