Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Global miqyosda misga boʻlgan talabning ortishi oksidlangan va aralash mis rudalarini samarali qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi dunyo mis rudasi zaxiralari tarkibida oksidlangan rudalarning oʻrnini aniqlash, jahonning yirik porfir mis konlarida qoʻllanilayotgan zamonaviy qayta ishlash texnologiyalarini qiyosiy tahlil qilish hamda Qalmoqir koni sharoitida ularni qoʻllash istiqbollarini baholashdan iborat. Tadqiqotda tizimli adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil va analitik-sintetik yondashuv usullaridan foydalanildi. Oʻtkazilgan tahlillar natijasida Qalmoqir koni oksidlangan rudalarining mineralogik tarkibi jahonning yirik porfir mis konlariga oʻxshashligi, biroq rudada oltin va kumushning sanoat ahamiyatiga ega miqdorda mavjudligi hamda misning asosiy qismi oksidlangan minerallar tarkibida uchrashi aniqlanib, xorijiy texnologiyalarni bevosita qoʻllash emas, balki ularni mahalliy geologik va mineralogik sharoitlarga moslashtirish zarurligi asoslandi.</jats:p>

Show More

Keywords

oksidlangan qayta ishlash texnologiyalarini tarkibida

Related Articles

PORE

About

Connect