Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur tadqiqot ishida yer yoriqlarining makon va chuqurlik bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlari fraktal hamda statistik tahlil usullari yordamida o‘rganildi. Tadqiqotda yoriqlar tizimining fazoviy joylashuvini modellashtirish uchun tasodifiy nuqtaviy taqsimlanish modeli va Lévy flight fraktal modeli qo‘llanildi. Lévy flight modeli asosida yoriqlar orasidagi masofalarning ehtimollik zichligi va taqsimlanish funksiyalari aniqlandi hamda fraktal o‘lcham ko‘rsatkichi hisoblandi. Tahlil natijalari yer yoriqlari va zilzila epitsentrlarining fazoviy joylashuvi murakkab strukturaviy-geodinamik tizim ekanligini hamda o‘z-o‘ziga o‘xshash fraktal xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqladi. Yoriqlar tizimining klasterlashish darajasi, makoniy zichligi va chuqurlik bo‘yicha tarqalishi tektonik kuchlanish maydonlari hamda seysmik faollik bilan chambarchas bog‘liqligi aniqlandi. Korrelyatsion o‘lchamni baholashda koordinata xatoliklari, chegara effekti, statistik tanlanma hajmi va makoniy proyeksiya kabi sistematik omillarning ta’siri tahlil qilindi. Kichik masshtab chegaralarida koordinatalar aniqligining pasayishi fraktal parametrlarning noto‘g‘ri baholanishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatildi. Statistik filtrlash va masshtab parametrlarini optimallashtirish usullarini qo‘llash orqali taqsimlanish qonuniyatlarini yanada aniqroq baholash imkoniyati yaratildi. Olingan natijalar seysmik xavf zonalarini aniqlash va hududlarning geodinamik holatini baholashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.</jats:p>

Show More

Keywords

fraktal taqsimlanish hamda statistik tahlil

Related Articles

PORE

About

Connect