Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Yoshlik-I koni sharoitida qoyali togʻ jinslarining maydalanish sifatini oshirishga qaratilgan portlatish ishlari parametrlarini asoslash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada pogʻona balandligi, skvajina qatorlarining oraligʻi, skvajinalar oraligʻi, zaboyka balandligi, ortiqcha burgʻilash va qisqa sekinlashtirish vaqtining o‘zaro bogʻliqligini hisoblash orqali portlatishning samaradorligini oshirishdan iborat. Tahlilda pogʻona balandligi 15 m bo‘lgan sharoit uchun qatorlar oralig‘i B=k·h, skvajinalar orasidagi masofa S=1,2B va perebur J=0,25B munosabatlari asos qilib olindi. Hisoblashlar natijasida qatorlar oralig‘ining maqbul qiymati 4,5 m, skvajinalar oraligʻi 5,4 m, ortiqcha burgʻilash 1,1 m, zaboyka balandligi 3,0–3,5 m va amaliy jihatdan samarali kechiktirish 20 ms ekani aniqlandi. Shuningdek, suvli skvajinalar uchun emulsion portlovchi modda qoʻllash hamda zaryad zichligini 5–10 % ga oshirish zarurligi asoslandi. Taklif etilgan parametrlar qoʻllanganda yirik bo‘laklar ulushi 35 % dan 15–18 % gacha kamayishi, portlovchi modda sarfini 0,90 kg/m³ dan 0,75–0,80 kg/m³ gacha pasaytirish va yuklash-tashish jarayonlarini barqarorlashtirish mumkinligi ko‘rsatildi. Olingan natijalar chuqur karyerlarda portlatish parametrlarini differensial tanlashga ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>