Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Ushbu maqola Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston (XQO) temir yo‘l koridorining O‘zbekiston hududlari, xususan Andijon viloyati va Farg‘ona vodiysining iqtisodiy o‘sishi hamda logistik salohiyatiga kutilayotgan ta'sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tizimli adabiyotlar tahlili (SLR) va birlamchi statistik ma'lumotlar — O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi (TLRMM) tomonidan tayyorlangan 2025-yil yakuniy hisoboti hamda 2016–2025 yillar statistikasi — qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning xalqaro yuk tashish hajmi 2016–2025 yillarda 30,2 mln. tonnadan 66,8 mln. tonnaga (+121%) o‘sgan bo‘lsa-da, temir yo‘lning ulushi 78%dan 65,3%ga tushgan, avtomobil transportiniki esa 22%dan 34,5%ga ko‘tarilgan. Bu holat temir yo‘l logistika infratuzilmasiga tizimli investitsiyalar zaruratini ko‘rsatadi. XQO koridori Qoshqar–Andijon yo‘nalishi bo‘ylab 2025-yilda allaqachon 139 ming ta qatnovni tashkil etgan Andijon–O‘sh–Irkishtom–Qoshqar avtomobil yo‘lagiga parallel temir yo‘l bayonini yaratib, transport xarajatlarini sezilarli kamaytirish va tranzit daromadlarni oshirish imkonini beradi.</jats:p>