Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada O‘zbekistonda uy-joy siyosatini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishning zamonaviy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Mamlakatda uy-joy qurilishini kengaytirish, ipoteka kreditlash tizimini takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, uy-joy sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qurilish sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, uy-joy bozorida talab va taklif mutanosibligini ta’minlash, moliyaviy mexanizmlardan samarali foydalanish, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish hamda hududlar kesimida uy-joy siyosatining samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, O‘zbekistonda uy-joy siyosatini takomillashtirish, aholining uy-joyga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish va uy-joy bozorining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.</jats:p>