Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotga oʻtish barqaror rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi boʻlib, bu jarayon Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi UP–16-son Farmoni asosida yanada jadallashdi. Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjaligi, sanoat salohiyati va quyosh energiyasi resurslari bilan yashil transformatsiya uchun katta imkoniyatlarga ega. 2025-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,8 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 7,2 foizga, qurilish ishlari 10,8 foizga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 4,3 foizga oʻsdi. Aholi soni 3,72 million kishiga, faoliyat yuritayotgan korxonalar soni esa 30,4 mingdan oshdi. Tadqiqotda viloyatda qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, barqaror qishloq xoʻjaligi, sanoatni modernizatsiya qilish, resurslardan samarali foydalanish va ekologik koʻrsatkichlar asosida yashil iqtisodiyotning rivojlanish darajasi baholanadi. Shuningdek, iqtisodiy oʻsish va ekologik barqarorlik oʻrtasidagi bogʻliqlik tahlil qilinib, yashil transformatsiyani jadallashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.</jats:p>