Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada 2010–2025 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha jami hamda qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari sonining dinamikasi, shuningdek qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik sub’ektlarining jami sub’ektlar tarkibidagi ulushi tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar asosida uch hudud kesimida ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari qiyoslangan, 2023–2025 yillarda kuzatilgan tadbirkorlik sub’ektlari sonining qisqarish tendensiyasi sabablari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faolligi hududiy kesimda notekis rivojlanmoqda, xususan Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sub’ektlari soni eng yuqori o‘sish sur’atiga erishgan.</jats:p>