Abstract
<jats:p>Bugungi globallashuv davrida filologik ta’lim talabalarning mustaqil fikrlash, matnni chuqur tahlil qilish va badiy-estetik tafakkurni rivojlantirishni talab etadi. “Badiiy asarning lingvistik tahlili” fani tilshunoslik va adabiyotshunoslikni integratsiya qilgan holda talabalarda badiiy matnni lingvistik jihatdan tahlil qilish, muallif uslubini ochish, subtekst va intertekstuallikni anglash kabi kompetensiyalarni shakllantiradi. Ushbu maqolada fanning o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi, interfaol va kreativ usullar taklif etiladi hamda xorijiy (AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa, Turkiya va Markaziy Osiyo) va mahalliy tajriba tahlili berilgan va bular asosida matnni lingvistik tahlil qilishda takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatiladi.</jats:p>