Abstract
<jats:p>Mazkur ilmiy maqolada folklor va etnografiya ta’lim yo‘nalishida media kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Unda bo‘lajak mutaxassislarning zamonaviy axborot makonida faol ishtirok etishi, milliy madaniy meros namunalarini to‘g‘ri qabul qilishi, tahlil etishi, saqlashi hamda keng jamoatchilikka yetkazishdagi media kompetentlikning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, media vositalardan samarali foydalanish, axborotni tanqidiy baholash, raqamli texnologiyalar asosida folklor va etnografik materiallarni yig‘ish, qayta ishlash va taqdim etish jarayonlarining pedagogik imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada media kompetentlikni rivojlantirish ta’lim sifati, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va kasbiy tayyorgarligini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida asoslab beriladi.</jats:p>