<jats:p>Ushbu ilmiy maqolada Quyi Amudaryo mintaqasining o‘ziga xos arid ekotizimlarida tarqalgan sudralib yuruvchilarning tur tarkibi, biotoplar bo‘yicha taqsimlanishi va populyatsiya dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida hududdagi dominant oilalar (Gekkonidae, Agamidae, Colubridae) va ularning antropogen hamda tabiiy omillar ta’sirida o‘zgarishi o‘rganildi. Maqolada, shuningdek, noyob turlarni muhofaza qilishning ilmiy asoslari keltirilgan.</jats:p>