Abstract
<jats:p>Ishda hududning geoekologik va seysmik-ekologik sharoitlarini hisobga olgan holda loyihalashtirilayotgan To‘polang suvombori hududida kuchli zilzilalarning namoyon bo‘lish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Kompleks muhandislik-seysmologik vamuhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari asosida grunt sharoitlariga bog‘liq holda seysmik xavflilik va Seysmik intensivlikorttirmasi baholandi. Hisor tog‘ tizmasining janubiy qismi va unga tutash hududlarda sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalarningnamoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, seysmik hodisalarning takrorlanishini maxsus o‘rganish natijalari tahlilqilingan. Muhandislik-geologik analogiya va muhandislik-seysmometrik kuzatuv usullaridan foydalangan holda To‘polang suvombori hududini seysmik mikrorayonlashtirish sxemasi ishlab chiqildi va turli kutilayotgan zilzila jadalligi zonalari ajratildi.</jats:p>