Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Sharqiy Surxondaryo megasinklinal hududida paleogen, bo‘r va yura yotqiziqlari bo‘yicha tuzilganstrukturaviy xaritalar asosida geologik-strukturaviy tahlil natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar zamonaviy ArcGISpro dasturi orqaliqaytaruvchi gorizont xaritalarini 3D strukturaviy model hamda 3D strukturaviy modellari orqali antiklinal zonalar paleogen bo‘ryura davrlarining chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan. Hududda submeridional yo‘nalishda cho‘zilgan antiklinal zonalar,ularni cheklab turuvchi chuqur razlomlar hamda blokli tuzilish xususiyatlari aniqlandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, neft-gazistiqbolli obyektlar asosan tektonik ekranlashgan antiklinal tuzilmalar bilan bog‘liq ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.</jats:p>