Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilarni samarali boshqarish maqsadida raqamli monitoringtizimlarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida IoT texnologiyalari, sensorli nazoratqurilmalari hamda avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash platformalarining ekologik boshqaruv tizimidagi o‘rni tahlilqilindi. O‘rta quvvatli sanoat korxonasi misolida ishlab chiqilgan model asosida raqamli monitoring tizimining ekologik vaiqtisodiy samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, real vaqt rejimida nazorat qilish chiqindilar hajmini kamaytirish,resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavflarni oldini olish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar asosidachiqindilarni boshqarish sanoatning barqaror rivojlanish strategiyasining muhim elementi hisoblanadi.</jats:p>