Abstract
<jats:p>Ushbu tadqiqotda 3-triftormetil anilinning xloratsetillash mahsulotining 5-ftoruratsil (5-Fu) bilan reaksiyasi yordamida yangi birikma sintez qilingan. Jarayon 2-bosqichda amalga oshirilgan bo’lib, dastlab 3-triftormetil anilinning xloratsetillash reaksiyasi amalga oshirilgan va ikkinchi bosqichda olingan birikmaning 5-Fu bilan reaksiyasi asosida yangi 2,2'-(5-ftor-2,4-dioksopirimidin1,3(2H,4H)-diil)bis(N-(3-(triftormetil)fenil) asetamid mahsuloti sintez qilingan. Mahsulotning tuzilishi 1H, 13C YaMR , IQ spektoskopiya va mass spektrometriya usullari yordamida tasdiqlangan. Olingan mahsulotning ayrim fizik-kimyoviy xarakteristikalari va biologik faolligini 3 ta saraton hujayralarida: Hela (bachadon bo’yni saratoni), HT-29 (yo'g'on ichak saraton hujayrasi) va MCF-7 (ko'krak saratoni hujayrasi) o’rganilgan.</jats:p>