Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatchilikning asosiy ko‘rinishlari hamda ularning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Terrorizm, ekstremizm, separatizm, odam savdosi, kiberjinoyatchilik va transmilliy uyushgan jinoyatchilik kabi tahdidlarning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, ushbu jinoyatlarning davlat barqarorligi, fuqarolar xavfsizligi va xalqaro munosabatlarga yetkazadigan zararli oqibatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida jinoyatchilikning kelib chiqish omillari, ijtimoiy-falsafiy va huquqiy asoslari tahlil etilib, ularning oldini olish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada global xavfsizlikni ta’minlash, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishning dolzarb ahamiyati asoslab beriladi.</jats:p>