Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida polilogik nutq orqali talabalarning kommunikativ faolligini oshirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida xorijiy til darslarida ko‘p ishtirokchidan iborat muloqotni tashkil etish, talabalarni passiv tinglovchidan faol nutqiy faoliyat ishtirokchisiga aylantirish hamda tinglash, savol berish, dalillash va o‘z pozitsiyasini himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari turadi. Tadqiqotda analitik, qiyosiy, umumlashtirish va metodik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Maqolada kommunikativ kompetensiya, dialogik pedagogika, hamkorlikka asoslangan o‘qitish, loyihaviy og‘zaki nutq faoliyati va raqamli vositalar haqidagi ilmiy-metodik qarashlar umumlashtirildi.</jats:p>