Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada mintaqa iqtisodiyotida tibbiy xizmatlarning rivojlanish imkoniyatlari va ularning iqtisodiy samaradorlikka taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqotda Xorazm viloyati misolida tibbiyot infratuzilmasi, tibbiy muassasalar soni, kadrlar salohiyati va xususiy sektor dinamikasi statistik maʼlumotlar asosida baholangan. Tahlil natijalarida shifoxonalar va ambulatoriya muassasalari sonining ortishi aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirgani aniqlangan. Raqamli texnologiyalar, elektron tibbiyot tizimlari va ixtisoslashgan xizmatlarning rivojlanishi tibbiy xizmatlar sifatini oshirgani qayd etilgan. Tadqiqot tibbiyot sohasining inson kapitalini rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va hududiy iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini asoslagan.</jats:p>