Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada o‘zbek va qozoq tillaridagi affikslarning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-tipologik hamda lingvokulturologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi affikslarning grammatik va derivatsion funksiyalaridan tashqari, milliy madaniyat, qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar hamda etnomadaniy tafakkurni ifodalashdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida affikslarning semantik imkoniyatlari lingvomadaniy mazmun bilan uzviy bog‘liqligi, ularning milliy dunyoqarashni aks ettirishdagi roli hamda nutq jarayonida baholash, hurmat, yaqinlik, kasbiy mansublik va ijtimoiy identifikatsiyani ifodalashdagi funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, umumturkiy affikslarning o‘zbek va qozoq tillarida turlicha lingvomadaniy mazmun kasb etishi qiyosiy misollar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari affikslarning tilning morfologik tizimi bilan bir qatorda madaniy kodni shakllantirish va uzatishda ham muhim lingvistik vosita ekanligini ko‘rsatadi. Olingan ilmiy xulosalar turkiy tillar morfologiyasi, lingvokulturologiya va qiyosiy tilshunoslik sohalaridagi tadqiqotlarni yangi ilmiy dalillar bilan boyitadi [1; 3; 7].</jats:p>