Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada ingliz va o‘zbek turistik muloqotida vizual belgilar hamda proksemik vositalarning kommunikativ mazmun hosil qilishdagi o‘rni qiyosiy va lingvopragmatik jihatdan tadqiq etiladi. Piktogramma, grafik belgi, yo‘naltiruvchi tasvir, fazoviy masofa va kommunikantlarning makondagi joylashuvi turistik axborotni uzatish, xatti-harakatni boshqarish hamda kommunikativ niyatni aniqlashtirish imkoniyatiga ega noverbal birliklar sifatida tahlil qilinadi. Ingliz turistik muhitida standartlashtirilgan va ixcham vizual kodlarning ustuvorligi, o‘zbek kommunikativ muhitida esa vizual signalning izohlovchi kontekst hamda proksemik munosabat bilan uyg‘unlashishi aniqlanadi. Vizual belgining pragmatik qiymati uning grafik shakli bilangina belgilanmasligi, ma’no obyekt, kommunikativ vaziyat, madaniy tajriba va adresatning interpretatsion kompetensiyasi o‘rtasidagi munosabatda yuzaga kelishi asoslanadi. Tadqiqot natijalari turistik makonda vizual va proksemik vositalarning yo‘naltiruvchi, regulyativ, identifikatsion va adaptiv funksiyalarini aniqlash imkonini beradi.</jats:p>

Show More

Keywords

vizual turistik kommunikativ hamda proksemik

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect