Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur tezisda o‘zbek va rus pedagogik diskursida faol qo‘llanayotgan anglisizmlarning semantik derivatsiyasi, xususan, ma’no torayishi va ma’no kengayishi hodisalari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamli ta’limning rivojlanishi natijasida pedagogik terminologiyada ingliz tilidan o‘zlashgan birliklar soni ortib bormoqda. Bunday birliklarning o‘zlashish jarayonida ularning dastlabki semantik xususiyatlari saqlanib qolishi bilan bir qatorda, yangi ma’nolar bilan boyishi yoki ma’no doirasining torayishi kuzatiladi. Tadqiqotda pedagogik diskursda uchraydigan ayrim anglisizmlar misolida semantik transformatsiya jarayonlari ko‘rib chiqiladi hamda o‘zbek va rus tillaridagi ma’no o‘zgarishlarining umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi.</jats:p>