Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada kambag’allikni qisqartirishda qishloq turizmidan foydalanish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Qishloq turizmining mahalliy aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va hududiy iqtisodiy faollikni oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, qishloq hududlarining tabiiy, madaniy va etnografik salohiyatidan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va turmush darajasini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida qishloq turizmi kambag’allikni kamaytirish, mahalliy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror hududiy rivojlanishni ta’minlashning muhim vositalaridan biri ekanligi asoslanadi.</jats:p>