Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada “X”, “Y”, “Z” va “Alfa” avlodlarning tarixiy-ijtimoiy shakllanish konteksti, psixologik-kognitiv xususiyatlari va o‘rganish uslublari qiyosiy tahlil qilinadi. Avlodlar nazariyasi (N. Howe va W. Strauss), raqamli ona tilida so‘zlashuvchilar kontseptsiyasi (M. Prensky), yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi (L.S. Vygotskiy) va ko‘p intellektlar nazariyasi (H. Gardner) kabi xalqaro ilmiy manbalar asosida an’anaviy ta’limning “Z” va “Alfa” avlod uchun yaratayotgan oltita asosiy cheklovlari ochib beriladi: o‘quvchini passivlikka mahkum etish, yagona tezlik va dasturda o‘qitish, faqat yodlashni baholash, intellektual xilma-xillikni inkor etish, tanlov imkonini bermaslik hamda ta’limning hayotiy amaliyotdan uzilishi. Mahalliy pedagogika olimlarining ilmiy xulosalari asosida milliy kontekstdagi muammo va imkoniyatlar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida pedagogik g‘oyalar transformatsiyasining oltita yo‘nalishi – adaptiv ta’lim, loyiha-asosli o‘qitish, formativ baholash, gamifikatsiya, ko‘p formatli raqamli muhit va tanqidiy tafakkur - ilmiy asosda taklif etiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

nazariyasi ilmiy alfa tahlil qilinadi

Related Articles

PORE

About

Connect