Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitida bodringning Saturn F1 va Zena F1 duragaylarini turli ekish muddatlarida yetishtirish natijalarining ayrim fenologik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Tadqiqotlarda bodring duragaylarining urug‘larning unib chiqishi, 10 va 75 %lik gullash davri, birinchi hosilni terishga kirish muddati hamda hosil berish davri davomiyligi o‘rganilgan. Tajriba natijalari ekish muddatining bodring duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi va hosilga kirish muddatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Eng maqbul ekish muddatini aniqlash orqali Qoraqalpog‘iston sharoitida bodringdan yuqori hosil olish, shuningdek, vegetatsiya davrida o‘simliklarning qulay harorat sharoitlaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.</jats:p>