Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Tajriba natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, olma ekinida bakterial kuyish (Erwinia amylovora) kasalligiga qarshi qo‘llanilgan turli preparatlar turli darajada samaradorlikka ega bo‘ldi. Nazorat variantida (ishlov berilmagan holatda) barg, meva va novdalarning zararlanish darajasi 41,3 % ni tashkil etgan, kasallik rivojlanish ko‘rsatkichi esa 24,1 % ga teng bo‘ldi. Bu holat bakterial infeksiya tabiiy sharoitda tez tarqalishini va yuqori intensivlikda rivojlanishini ko‘rsatadi. Sinov natijalariga ko‘ra Kasu bereke QCC, сус.к. fungitsidi olmaning bakterial kasalligiga qarshi 1,5 l/ga sarf-me’yorda qo‘llanilganda kasallik bilan zararlanishi barg, meva va novdada 7,0% ni tashkil etgan bo‘lsa, kasallikni rivojlanishi esa 2,7% gacha kuzatildi. Biologik samaradorlik 88,7% gachani nomoyon etdi.</jats:p>