Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada sitrus qizil kanasi — Panonychus citri (McGregor) populyatsiyasini biologik boshqarishda tabiiy dushmanlarning o‘rni va ulardan integratsiyalashgan himoya tizimida foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ilmiy adabiyotlar asosida Phytoseiidae oilasiga mansub yirtqich kanalar, shuningdek, ayrim yirtqich hasharotlar, tripslar va entomopatogen mikroorganizmlarning Panonychus citri sonini tabiiy ravishda cheklashdagi ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, Neoseiulus californicus, Euseius stipulatus, Galendromus occidentalis, Amblyseius hibisci va Phytoseiulus persimilis kabi yirtqich kanalarning biologik nazoratdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kimyoviy akaritsidlardan takroriy foydalanish natijasida yuzaga keladigan rezistentlik va foydali akarofaunaning kamayishi muammolari tahlil qilinib, biologik kurash vositalaridan foydalanish istiqbollari asoslangan.</jats:p>