Abstract
<jats:p>Mazkur ilmiy maqolada tibbiy ta'lim muassasalari talabalarida klinik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasining nazariy, metodologik va amaliy jihatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Zamonaviy tibbiy ta'lim tizimida klinik fikrlash bo'lajak shifokorning kasbiy tayyorgarligi va professional kompetensiyasini belgilovchi eng muhim intellektual ko'nikmalardan biri hisoblanadi. Klinika amaliyotida to'g'ri diagnostika qo'yish, differensial tashxis o'tkazish, optimal davolash taktikasini tanlash hamda bemor holatini kompleks baholash jarayonlari shifokorning klinik fikrlash darajasiga bevosita bog'liq. Maqolada tibbiy ta'lim jarayonida klinik fikrlash kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik asoslari, kompetensiyaviy yondashuv, integrativ o'qitish texnologiyalari hamda simulyatsion ta'lim muhitining didaktik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda muammoli o'qitish (Problem-Based Learning), klinik vaziyatlarga asoslangan o'qitish (Case-Based Learning), simulyatsion treninglar, virtual bemor texnologiyalari va raqamli ta'lim platformalarining klinik fikrlashni rivojlantirishdagi samaradorligi o'rganildi.</jats:p>