Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillarida neologizmlarning tasnifi, shakllanish omillari hamda ularning til tizimidagi o'rni qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yangi so'zlarning yuzaga kelishida globallashuv, internet texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy kommunikatsiyaning ta'siri yoritilgan. Shuningdek, neologizmlarning struktur va semantik xususiyatlari, o'zlashma birliklarning tilga moslashuvi hamda ularning kundalik nutqdagi qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Ingliz tilida neologizmlar asosan ichki til imkoniyatlari orqali hosil bo'lsa, o'zbek tilida ular ko'proq xorijiy tillardan o'zlashish asosida shakllanadi. Maqolada neologizmlarning til boyligini oshirishdagi ahamiyati va zamonaviy til taraqqiyotidagi o'rni yuzasidan ilmiy xulosalar bayon etilgan.</jats:p>