Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Tishlarning tug‘ma yoki orttirilgan yo‘qolishi stomatologiyada dolzarb muammolardan biri hisoblanadi, ayniqsa bolalar yoshida bu holat jag‘-yuz tizimi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda regenerativ stomatologiya yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar yangi tishlarni biologik yo‘l bilan qayta tiklash imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi TRG-035 preparati va USAG-1 oqsilining tish regeneratsiyasidagi rolini tahlil qilish hamda ularning uchlamchi dentitsiyani shakllantirishdagi ahamiyatini baholashdan iborat. Tadqiqot vazifalariga USAG-1 oqsilining biologik funksiyasini o‘rganish, TRG-035 preparatining ta’sir mexanizmini tahlil qilish va mavjud eksperimental natijalarni umumlashtirish kiritildi. Material va metod: Tadqiqot tizimli adabiyotlar sharhi asosida olib borildi. PubMed, Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalaridan 2000–2025 yillar oralig‘ida chop etilgan ilmiy maqolalar tahlil qilindi. Tanlash mezonlari asosida eng dolzarb tadqiqotlar saralab olinib, sifat jihatidan tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, USAG-1 oqsilining bloklanishi BMP va Wnt signal yo‘llarining faollashuviga olib keladi va natijada latent tish kurtaklari rivojlanadi. Hayvon modellarida TRG-035 preparati qo‘llanilganda yangi, funksional tishlarning shakllanishi kuzatilgan. Xulosa qilib aytganda, TRG-035 preparati asosidagi yondashuv tish regeneratsiyasida istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, kelajakda adentiyani biologik usulda davolash imkoniyatlarini kengaytiradi.</jats:p>

Show More

Keywords

trg035 tahlil olib biologik preparati

Related Articles

PORE

About

Connect