Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mikrob muhitining buzilishi patologik holatlarning rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi, natijada makroorganizmlar va mikroflora o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar izdan chiqadi. Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi ham sifat, ham miqdor jihatdan o‘zgaradi, buning oqibatida og‘iz bo‘shlig‘ining to‘siq-himoya mexanizmlari buziladi. Maqolada bolalar stomatitlarini davolashda qo‘llaniladigan mahalliy antiseptik preparatlar (furatsillin, asiklovir, oksolin, “Qizil moy”) hamda ultratovushning antibakterial faolligi in vitro sharoitda o‘rganildi. Tadqiqotda og‘iz bo‘shlig‘ida uchraydigan 10 ta mikrob shtammi disk-diffuzion usul yordamida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori antibakterial samaradorlik “Qizil moy” preparatida aniqlandi – u Candida zamburug‘laridan tashqari barcha shtammlarga ta’sir ko‘rsatdi. Ultratovushning bevosita antibakterial ta’siri sust bo‘lib, u faqat ayrim mikroblarga nisbatan samarali bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, “Qizil moy” bolalardagi gerpetik stomatitlarni davolashda tavsiya etiladi, ultratovush esa dori preparatlari bilan kompleks qo‘llanganda samaradorlikni oshirishi mumkin.</jats:p>

Show More

Keywords

ogiz qizil antibakterial mikrob davolashda

Related Articles

PORE

About

Connect