Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqotda yong‘oq (Juglans regia L.) mevasining turli 4 xil nav(Ideal, Gretsiya, Chandler, Pechen)larining meva mang’izlari orasidagi pardaning in vitro sharoitida 2,2-difenil-1-pikrilgidrazil (DPPH) radikali yordamida antioksidant faolligi o‘rganildi. Binafsha rangli DPPH eritmasining rangsizlanishi yong‘oq meva pardasida mavjud bo‘lgan vodorod atomini yoki elektronni beruvchi tabiiy antioksidant birikmalar mavjudligini aniqlash imkonini berdi. Barqaror DPPH radikali spektrofotometrik usulda reagent sifatida ishlatilgan bo‘lib, yong‘oqning 4 xil nav(Ideal, Gretsiya, Chandler, Pechen)larining meva pardasi ekstraktlarining nur yutilishi o‘lchandi va ularning antioksidant faolligi solishtirildi. Natijalar yong‘oq meva pardasining turli navlarida fenollik birikmalar, flavonoidlar, tanininlar, vitamin-C, E va bioaktiv moddalar kontsentratsiyasi farqliligini ko‘rsatdi, bu ularning tabiiy antioksidant manbai sifatidagi potentsialini tasdiqlaydi.</jats:p>

Show More

Keywords

meva antioksidant yongoq dpph turli

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect