Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Yallig‘lanish ko‘plab surunkali kasalliklar patogenezida muhim o‘rin tutadigan murakkab biologik javob hisoblanadi. Samarali o‘simlik asosidagi yallig‘lanishga qarshi va immunomodulyator vositalarni izlash biomeditsina tadqiqotlarining dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan Hypericum scabrum va Calendula officinalis o‘simliklari ekstraktlarining 3:1 nisbatdagi kombinatsiyasining yallig‘lanishga qarshi va immun tizimini modulyatsiya qiluvchi ta’sirini in vivo eksperimental modelda baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotlar laboratoriya sichqonlarida o‘tkazildi va hayvonlar nazorat hamda tajriba guruhlariga (har birida 10 tadan) ajratildi. Yallig‘lanish holati dextran sulfate sodium moddasini ichimlik suviga qo‘shish orqali chaqirildi. Tajribaning 7-kunidan boshlab, tajriba guruhiga O‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan Hypericum scabrum va Calendula officinalis o‘simliklarining 3:1 nisbatdagi suvli ekstraktlari berildi, nazorat guruhi esa oddiy ichimlik suvini qabul qildi. Klinik kuzatuvlar, tana vazni monitoringi hamda gematologik va immunologik tahlillar amalga oshirildi. Asosiy ko‘rsatkichlar sifatida umumiy leykotsitlar soni, limfotsitlar, neytrofillar, monotsitlar, eozinofillar, interleykin-6 (IL-6) miqdori va o‘rtacha tana vazni baholandi. Natijalar dextran sulfate sodium orqali chaqirilgan yallig‘lanish leykotsitoz, IL-6 miqdorining oshishi va leykotsitar formulaning o‘zgarishiga olib kelishini ko‘rsatdi. O‘simlik ekstraktlari kombinatsiyasini qabul qilgan hayvonlarda leykotsitlar miqdori me’yorlashdi, IL-6 darajasi pasaydi, immun hujayralari profili barqarorlashdi va tana vazni ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Olingan natijalar O‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan Hypericum scabrum va Calendula officinalis o‘simliklarining 3:1 nisbatdagi kombinatsiyasi in vivo sharoitda yaqqol yallig‘lanishga qarshi va immunomodulyator faollikka ega ekanligini ko‘rsatdi hamda yallig‘lanish kasalliklarini boshqarishda istiqbolli tabiiy terapevtik vosita sifatida qo‘llanishi mumkinligini tasdiqladi.  </jats:p>

Show More

Keywords

yalliglanish yalliglanishga qarshi ozbekiston sharoitida

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect