Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur tadqiqotda Tog‘rayhon (Ocimum basilicum L.) va Dafna (Laurus nobilis L.) o‘simliklari ekstraktlarining antiradikallik faolligi DPPH (2,2-difenil-1-pikrilgidrazil) usuli yordamida baholandi. O‘simliklardan turli nisbatlarda spirtli ekstraktlar tayyorlanib, ularning erkin radikallarni tutib qolish qobiliyati spektrofotometrik usul asosida aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekstraktlar konsentratsiyaga bog‘liq holda antiradikallik faollik namoyon qildi. 1:1 nisbatdagi spirtli ekstrakt uchun 30 daqiqalik tahlilda maksimal antiradikallik faolligi 5,08 % ni tashkil etdi. Hisoblangan IC₅₀ qiymati 973,55 mkl ga teng bo‘ldi. Olingan natijalar Tog‘rayhon va Dafna ekstraktlari tabiiy antioksidant manbai sifatida istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.</jats:p>