Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada shuvoq turkumiga mansub Oddiy shuvoq (Artemisia) o‘simligining kimyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati hamda chorvachilikda yem qo‘shimchasi sifatida foydalanish istiqbollari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida o‘simlik tarkibidagi oqsil, tolalar, mineral moddalar, uglevodlar va vitaminlar miqdori zamonaviy laboratoriya usullari asosida aniqlandi. Uglevod tarkibi Agilent 1100 HPLC System suyuq xromatografiya usulida, vitaminlar esa yuqori samarali suyuq xromatografiya va spektrofotometrik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, oddiy shuvoq tarkibida biologik faol moddalar, ayniqsa glyukoza, fruktoza, askorbin kislota, β-karotin va tokoferollar mavjudligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar oddiy shuvoqni hayvon emlari tarkibiga kiritish orqali mahsuldorlikni oshirish, immunitetni mustahkamlash va yemning biologik qiymatini yaxshilash mumkinligini ko‘rsatdi.</jats:p>

Show More

Keywords

shuvoq oddiy tarkibi moddalar vitaminlar

Related Articles

PORE

About

Connect