Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada Tomas Harde va Xurshid Do‘stmuhammad nasrida tabiat konseptining badiiy-poetik tuzilishi qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tabiat oddiy peyzaj yoki voqealar foni sifatida emas, balki makon, vaqt, ruhiyat, axloqiy baholash va ramziy ma’nolarni birlashtiruvchi mualliflik konsepti sifatida qaraladi. Tomas Hardening “Tess of the d’Urbervilles”, “The Return of the Native”, “The Woodlanders” romanlaridagi Uesseks, Egdon hiti, fasllar, o‘rmon va tirik mavjudotlar obrazlari; Xurshid Do‘stmuhammadning “Erta bahor”, “Umid guli”, “Chayongul” asarlaridagi bog‘, gul, shamol, bulut, bahor va zoomorf timsollar tahlilga tortildi. Natijada Harde poetikasida tabiat insondan mustaqil, uzoq tarixiy xotiraga ega makon sifatida, Do‘stmuhammad ijodida esa inson ichki olamini ochuvchi psixologik va ramziy kod sifatida faollashishi aniqlandi.</jats:p>