Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning ta’lim konsepsiyasi ilk bor yaxlit didaktik tizim sifatida, birlamchi o‘quv matnlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning manbaviy asosini “To‘la asarlar to‘plami”ning 2-jildida “Pedagogik risolalar” umumiy sarlavhasi ostida berilgan matnlar – “Yengil adabiyot”, “Axloqiy hikoyalar” va “Ikkinchi sinf uchun” bo‘limlari tashkil etadi. Tahlil birligi sifatida muallifning o‘zi belgilagan birlik – dars olindi. Tahlil makro-, mezo- va mikrodarajalarda, manbalarning ishonchliligini baholashning uch darajali (A, B, V) shkalasi asosida olib borildi. Tadqiqot natijasida ta’lim maqsadining uch qatlamli ierarxiyasi (diniy burchning sharti – inson bo‘lishning o‘lchovi – ijtimoiy illatlarni bartaraf etish vositasi), “Yengil adabiyot”ning olti tematik blokdan tashkil topgan makrostrukturasi, “bayt – nasriy izoh – hikoya” uch qismli metodik apparati va antonimik juftlik tamoyili aniqlandi hamda Hamza didaktikasining sakkizta tamoyili rekonstruksiya qilindi. Muallif so‘zboshisining didaktik tahlili darslik yaratishda loyihali yondashuv – maqsadli auditoriya, o‘quv yuklamasining dozasi, til saviyasi va bosqichlararo uzviylikning oldindan belgilanganini ko‘rsatdi. Shu asosda darsliklarni faqat “ehtiyoj mahsuli” deb baholashning yetarli emasligi asoslanadi.</jats:p>

Show More

Keywords

tahlil hamza talim didaktik sifatida

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect