Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqola XX asr o‘zbek she’riyatining ikki yirik vakili –  Xurshid Davron (1952) va Matnazar Abdulhakim (1947-2013) ijodini qiyosiy-tipologik metod asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyektini X.Davronning “Shoir haqida rivoyat” va M.Abdulhakimning ‘Darsdan so‘ng” she’rlari tashkil etadi. Maqolada ushbu asarlar janr tabiati, obrazlar tizimi, lirik-epik kompozitsiyasi va poetik tili nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Tahlil jarayonida ikkala shoir adabiyotning maqsadi va ijodkorning jamiyatdagi o‘rni masalasiga turlicha yondashgani aniqlandi: X.Davron romantik-idealistik, M.Abdulhakim esa realistik-xalqchil yo‘nalishda o‘z g‘oyasini ifodalaydi. X.Davron she’rida shoir obrazi o‘z yagona she’rlar to‘plamini muhtoj bir insonni sovuqdan qutqarish uchun yoqib yuboradi – bu orqali adabiyotning insonparvarlik mohiyati va tirik dard bilan yashash falsafasi ilgari suriladi. M.Abdulhakim she’rida esa qishki tunning qorong‘isida qashqirdan o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan muallima obrazi orqali ilm, burch va sadoqat tushunchalari ulug‘lanadi. Maqolada G.V.F.Gegel estetikasi, Chexov poetikasi va antropomorfizm kabi nazariy asoslardan foydalanilgan. Tahlil natijasida ikkala she’rda ham olov ramziy obraz sifatida ilm va vijdon timsoli ekanligi ko‘rsatildi. Xulosa sifatida adabiyotning maqsadi – insonni o‘z ulug‘vorligi bilan yuzlashtirish, yovuzlikdan himoya qilish va abadiyat uchun ma’naviy xotira bunyod etish, deb belgilanadi.</jats:p>

Show More

Keywords

tahlil shoir adabiyotning ushbu qilishga

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect