Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur tadqiqotda so‘roq gaplarning pragmalingvistik xususiyatlari va ularning nutq aktlari tizimidagi o‘rni Abdulla Qahhorning “Sarob” hamda Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romanlari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘roq gaplar faqat grammatik shakl sifatida emas, balki muayyan kommunikativ maqsadni ifodalovchi nutqiy birlik sifatida o‘rganiladi. Asarlardan olingan misollar asosida so‘roq gaplarning axborot so‘rash, suhbatni boshlash, aniqlashtirish, tanbeh berish, hayrat bildirish, taklif qilish, e’tiroz va ruhiy kechinmani ifodalash kabi pragmatik vazifalari aniqlanadi. Tahlil jarayonida pragmatik, kontekstual va diskursiv yondashuvlardan foydalanilib, so‘roq gaplarning lokutiv, illokutiv va perlokutiv jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki adib asarlarida so‘roq gaplar badiiy dialogning tabiiyligini ta’minlash, qahramon ruhiyatini ochish va kommunikativ ta’sirni kuchaytirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Tahlil jarayonida so‘roq gaplarning pragmatik mazmuni ularning grammatik qurilishi, kommunikativ vaziyat va nutq ishtirokchilarining o‘zaro munosabati bilan uzviy bog‘liqligi aniqlandi. So‘roq konstruksiyalarining ma’nosi ko‘pincha kontekst ta’sirida kengayib, bevosita savol mazmunidan tashqari iltimos, taklif, tanbeh, e’tiroz, hayrat, shubha va baholash kabi qo‘shimcha kommunikativ ma’nolarni yuzaga chiqaradi. Shuningdek, bunday gaplarning badiiy dialogdagi qo‘llanishi personajlarning individual nutqiy xususiyatlari, ruhiy holati va ijtimoiy munosabatlarini ifodalash imkonini beradi. Qiyosiy kuzatishlar so‘roq gaplarning pragmatik funksiyalari turli adabiy va madaniy kontekstlarda namoyon bo‘lishiga qaramay, ularning asosiy kommunikativ mexanizmlari umumiy xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu jihatlar so‘roq gaplarni pragmalingvistik nuqtayi nazardan o‘rganish badiiy matnning mazmuniy va kommunikativ qatlamlarini chuqurroq yoritishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.</jats:p>

Show More

Keywords

soroq gaplarning kommunikativ pragmatik ularning

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect