Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy ma’no hamda kommunikativ funksiyalar overlap hodisasining qiyosiy-tipologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda overlap hodisasi analitik va agglutinativ tillarning tipologik tabiati nuqtai nazaridan yoritilib, ularning struktur-semantik hamda pragmatik realizatsiyasidagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanadi. Ingliz tilida overlap asosan sintaktik vositalar, qat’iy so‘z tartibi va funksional konstruksiyalar orqali ifodalansa, o‘zbek tilida morfologik shakllar, affiksatsiya, erkin so‘z tartibi hamda kontekstual omillar muhim rol o‘ynashi ilmiy dalillar asosida asoslanadi. Tadqiqot natijasida overlap hodisasining qiyosiy-tipologik tavsifi ishlab chiqilib, Comparative-Typological Overlap Model (CTOM) nomli mualliflik modeli taklif etiladi. Mazkur model qiyosiy tilshunoslik, tipologiya hamda kommunikativ lingvistika kesishgan nuqtada overlap hodisasining shakllanish va namoyon bo‘lish mexanizmini tizimli ravishda izohlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik, pragmalingvistika hamda zamonaviy lingvistik modellashtirish yo‘nalishlari uchun ilmiy ahamiyatga ega.</jats:p>