Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqola O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida energiya samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada, energiya samaradorligini oshirishning ahamiyati, bu jarayondagi mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. O‘zbekistonning energiya samaradorligini oshirishdagi hozirgi holati, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari va energiya samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan siyosatlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada turli mamlakatlarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirgan amaliyotlari, jumladan, Xitoy va Yevropa Ittifoqining tajribalari solishtirilgan. Komparativ metod yordamida, O‘zbekiston uchun eng samarali strategiyalarni ishlab chiqish uchun xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, energiya samaradorligini oshirishda texnologik, moliyaviy va institutsional to‘siqlarni bartaraf etish va zamonaviy energiya boshqaruv tizimlarini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Maqola, O‘zbekistonning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish va yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosli tavsiyalarni taqdim etadi.</jats:p>

Show More

Keywords

energiya samaradorligini oshirish uchun ozbekistonning

Related Articles

PORE

About

Connect