Abstract
<jats:p>Maqolada raqamli ta’lim texnologiyalari orqali individual sportchilarni tayyorlash tizimi boshqaruvi iqtisodiy samaradorligini oshirishning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari amaliyoti mintaqada yetakchilik qilayotgan Buyuk Britaniya va Germaniya mamlakatlari misolida tadqiq etilib, rivojlanishning hozirgi holati baholangan. Tadqiqot jarayonida mazkur mamlakatlarda sport sohasini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi, intellektual tahlil tizimlari (Big Data) va masofaviy monitoring texnologiyalarining sportchilar natijadorligiga ta’siri qiyosiy tahlil qilingan. Xususan, Buyuk Britaniyaning yuqori texnologik innovatsion ekotizimi hamda Germaniyaning sportni boshqarishdagi tizimli klasterli yondashuvi individual tayyorgarlik jarayonlarini optimallashtirish va xarajatlarni qisqartirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Olingan natijalar asosida sport boshqaruvida raqamli platformalarni joriy etishning iqtisodiy modellari shakllantirilgan hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ilg‘or tajribasidan boshqa mintaqalarda foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola sport menejmenti, raqamli iqtisodiyot va jismoniy tarbiya sohasidagi mutaxassislar hamda tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.</jats:p>