Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada metakompetensiyalar - insonga o‘z kompetensiyalarini samarali boshqarishga yordam beradigan qobiliyat va ko‘nikmalar muayyan sohadagi aniq bilim va qobiliyatlarni ifodalovchi kompetensiyalardan farqli o‘laroq, metakompetensiyalar umumiyroq va universal ekanligi ko‘rsatib berilgan. Bu ko‘nikmalar insonga o‘z xatti-harakatlarini tahlil qilish, tushunish va nazorat qilish, qaror qabul qilish, tajribadan saboq olish va rivojlanish imkonini berishi ta’kidlangan. Metakompetensiyalarning asosiy farqlovchi xususiyatlaridan biri shundaki, ular inson hayotining turli sohalarida qo‘llanilishi mumkinligi ta’kidlangan. Metakompetensiyalar insonga o‘z kompetensiyalaridan samarali foydalanishga va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishishga yordam berishi, aniq ko‘nikmalarni, ularni boshqarish qobiliyatini ongli ravishda rivojlantirish uchun kompetensiyalar va metakompetensiyalar o‘rtasidagi farqni tushunish muhimligi tushuntiriladi. Tanqidiy fikrlash axborotni mazmunli tahlil qilishga yordam berishi, samarali muloqot va hamkorlik uchun muloqot juda muhimligi, tahlil esa murakkab vaziyatlarni tushunishga imkon berishi va mulohaza yuritish tajribadan saboq olishga yordam berishi borasida fikr yuritiladi. Bu metakompetensiyalar ishda ham, shaxsiy hayotda ham muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynaydi.</jats:p>