Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqotda reklama matnlarida qo‘llaniladigan verbal va noverbal til unsurlarining kontekstual xususiyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Globallashuv jarayoni va raqamli kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi natijasida reklama nafaqat iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi, balki ijtimoiy va madaniy kommunikatsiyaning samarali vositasi sifatida ham shakllanmoqda. Shu bois reklama matnlarining lingvistik va semiotik jihatlarini o‘rganish dolzarb ilmiy muammolardan biri hisoblanadi. Maqolada reklama matnlarida ishlatiladigan verbal vositalar — leksik birliklar, stilistik figuralar, sintaktik konstruksiyalar — hamda noverbal vositalar — rang, shrift, tasvir, grafik elementlar kabi komponentlar o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu vositalarning auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari, ularning pragmatik va estetik funksiyalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari reklama diskursining samaradorligini oshirishda til va vizual elementlarning uyg‘un qo‘llanilishi muhim ekanligini ko‘rsatadi. Reklama matnida verbal va noverbal belgilarning kontekstual xususiyatlari mavzusi bugungi kunda globallashuv va raqamli kommunikatsiya vositalarining jadallik bilan rivojlanib borayotgan davrida alohida ahamiyat kasb etadi. Reklama nafaqat iqtisodiy faoliyatning ajralmas qismi, balki madaniy va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida ham ko‘riladi. Ushbu maqolada reklama matnlaridagi verbal va nonverbal vositalari hamda stilistik xususiyatlari o‘rganilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

reklama verbal ushbu noverbal xususiyatlari

Related Articles

PORE

About

Connect